Olimpiadada O‘zbekiston bayroqdori kim bo‘lishi aytildi
Sport
−
06 fevral 3232 1 daqiqa
Bugun, 6 fevral kuni Milan-Kortina–2026 qishki Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbirda short-trek bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Daniil Yeybog delegatsiya bayroqdori vazifasini bajaradi. Bu haqda Milliy Olimpiyada qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumki, Medet Nazarov tog‘ chang‘isining slalom va gigant-slalom, Daniil Yeybog short-trekning 500 metr masofaga yugurish yo‘nalishlarida qishki Olimpiada bahslarida ishtirok etadi.
Shuningdek, saralash sikli yakuniga ko‘ra, Dmitriy Chigiryov hamda Yekaterina Geynish figurali uchishning juftlik yo‘nalishida Olimpiadaga yo‘llanma qo‘lga kiritgan edi. Biroq turnirga tayyorgarlik jarayonida Dmitriy Chigiryov jarohat olib, musobaqagacha tiklana olmadi. Shu bois musobaqalarda O‘zbekiston delegatsiyasi tog‘ chang‘isi va short-trek dasturlaridagina ishtirok etadi.
Milan-Kortina–2026 qishki Olimpiya o‘yinlari bugun, 6 fevral kuni boshlanib joriy yilning 22 fevral kuniga qadar davom etadi.
Ma’lumot uchun, marosim Toshkent vaqti bilan 7 fevralga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi.
Live
Barchasi