Olimpiadada sovrindor bo‘lgan sankt-peterburglik sportchilarga qancha pul berilishi ochiqlandi

Sport

image

2024 yilgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib chiqqan har bir sankt-peterburglik sportchi shahar hokimiyatidan 5 million rubl (salkam 722 million so‘m) pul mukofoti oladi. Bu haqda “Fontanka” portali xabar berdi.

Kumush medallar uchun sportchilar 2,5 million rubl, bronza medallari uchun – 1,5 million rubl, shuningdek, to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi o‘rinni egallagan sportchilarga mos ravishda 678 ming, 452 ming va 339 ming rubl mukofoti taqdim etiladi.

Qayd etilishicha, to‘rtinchi o‘ringacha bo‘lgan sovrinlar jamoaviy sport turlari vakillari uchun ham tasdiqlangan, biroq Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) rossiyaliklarga jamoaviy musobaqalarda qatnashishni taqiqlagan.

Ma’lumot uchun, Parij mezbonlik qiladigan Olimpiya o‘yinlari 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. Cheklovlar rossiyalik va belaruslik sportchilarga taalluqli. Parijda rus va belarus sportchilari faqat neytral maqomda musobaqalarda qatnashishi mumkin bo‘ladi. 15 iyun kuni XOQ Olimpiadaga qabul qilingan rossiyalik sportchilarning birinchi ro‘yxatini e’lon qildi. Uning tarkibiga 14 kishi kiritildi.


Maqola muallifi

Teglar

Parij Olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing