Olimpiada vaqtida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Sport
−
24 iyul 2024
5811Fransiya politsiyasi Olimpiya o‘yinlari paytida vaziyatni beqarorlashtirishga urinishda gumon qilingan rossiyalikni qo‘lga oldi. Bu haqda “France-Presse” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 23 iyul kuni Olimpiada o‘yinlari vaqtida terakt uyushtirishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olingan.
Fransiya hukumati 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida teraktlar sodir etilishi xavfidan o‘z xavotirini bildirdi.
“23 iyul kuni Fransiyada adovat qo‘zg‘atish maqsadida xorijiy davlat bilan hamkorlik qilish bo‘yicha ish ochildi. Jinoyatchiga 30 yillik qamoq jazosi tayinlanadi”, deyiladi prokuratura bayonotida.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, gap 1984 yilda tug‘ilgan Rossiya fuqarosi haqida ketmoqda, uning ismi ko‘rsatilmagan. Qayd etilishicha, u hozirda qamoqda saqlanmoqda.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar