Olimpiada vaqtida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Sport

image

Fransiya xavfsizlik xizmatlari Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida uyushtirilishi mumkin bo‘lgan teraktlarning oldini olmoqda. Bu haqda “France24” telekanali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, xavfsizlik xizmatlari Parijdagi Olimpiada o‘yinlari vaqtida teraktlar tayyorlaganlikda gumon qilingan ekstremistni qo‘lga olgan. Telegram'dagi “Fransiya Aryan Division” guruhining ma’muri bo‘lgan 18 yoshli yigit hozirda Fransiya shimoli-sharqida hibsga olinganidan so‘ng, politsiya tomonidan so‘roq qilinmoqda.

Telegram'dagi guruhida u 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Olimpiya o‘yinlarida terakt uyushtirishi bilan tahdid qilgan.

2024 yilgi Olimpiya o‘yinlari 33-yozgi musobaqa bo‘ladi. Parij ushbu musobaqalarga mezbonlik qilishi 2017 yilda ma’lum bo‘lgan edi. Bo‘lajak musobaqalarda jami 329 ta medallar to‘plami o‘ynaladi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Parij Olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing