Olimpiada vaqtida 3 ta teraktning oldi olindi
Sport
−
11 Sentyabr 2024 5246 1 daqiqa
Fransiya razvedka xizmatlari Parijdagi Olimpiada vaqtida 3 ta teraktning oldini oldi. Bu haqda Fransiya milliy aksilterror prokuraturasi rahbari Olive Kristen “Franceinfo” radiosiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
”Hozirgi kunga qadar uchta teraktning oldi olindi. Hujumlarni rejalashtirganlarning barchasi hibsda. Hozirda besh kishi, jumladan, bir nafar voyaga yetmaganga nisbatan ayblov qo‘yildi”, deydi Kristen.
Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi terakt Sent-Eten shahridagi Jeffroy Guichard stadioni yaqinidagi bar muassasasida tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, hujumchilar guruhi “Isroil institutlari yoki Parijdagi vakolatxonalari”ga hujum uyushtirishni reja qilgan, isroillik sportchilar esa rejalashtirilgan teraktning nishoni bo‘lmagan.
Uchinchi holatda, ikki kishi hujum uyushtirishni rejalashtirgan. Kristen bu haqda batafsil ma’lumot bermadi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr