Olimpiada: o‘zbekistonlik erkin kurashchi bronza medal uchun gilamga chiqadi

Sport

image

Erkin kurash bo‘yicha -86 kg vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Javrail Shapiyev kechki dasturda Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining bronza medali uchun kurashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

O‘tish bosqichida Shapiyev litsenzion jahon chempionatida bronza medali orqali Olimpiadaga yo‘llanma olgan shveysariyalik Stefan Reyxmut bilan kurashdi. Ushbu bahsda Shapiyevning qo‘li balandi keldi va kechki dasturda bronza medali uchun rossiyalik Artur Naifonovga qarshi gilamga chiqadi.

Erkin kurash bo‘yicha -57 kg vazn toifasida G‘ulomjon Abdullayev bronza medali uchun o‘tish bahsida AQSH erkin kurash terma jamoasi a’zosi Tomas Gilmanga qarshi gilamga chiqib,  1-11 hisobida imkoniyatni boy berdi va Tokio-2020 Olimpiadasidagi ishtirokini rasman yakunladi.

Ma’lumot o‘rnida, Rio Olimpiadasining erkin kurash bahslarida Ixtiyor Navro‘zov va Magomed Ibragimov bronza medaliga ega chiqqan edi. Ibragimov ertaga, 6 avgust kuni o‘z ishtirokini boshlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Tokio-2020 Erkin kurash Javrail Shapiev G'ulomjon Abdullaev Magomed Ibragimov

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing