Olimpiada o‘yinlariga 5 ta yangi sport turi qo‘shildi
Sport
−
17 Oktyabr 2023 10395 1 daqiqa
Flag futbol, kriket, lakros, skvosh va beysbol/softbol 2028 yilda Los-Anjelesda (Kaliforniya, AQSH) o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlariga rasman kiritildi. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) ijroiya qo‘mitasining tegishli taklifi tashkilotning Mumbaydagi sessiyasida qo‘llab-quvvatlandi.
XOQ Ijroiya kengashi 13 oktyabr kuni yangi sport turlarini kiritishni taklif qilgan. Ulardan kriket 1900 yil Parijda o‘tgan Olimpiada o‘yinlarining, ikkinchisi lakros 1904 va 1908 yilgi o‘yinlarning va beysbol/softbol esa 1992, 1996, 2000, 2004, 2008 va 2021 yillardagi o‘yinlarning bir qismi bo‘lgan edi.
Flag futbol, kriket, lakros, skvosh va beysbol/softbol 30 ta asosiy Olimpiada sport turlariga qo‘shiladi. Agar bu yil Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) ba’zi muammolarni hal qilsa, boks ham ular safiga qo‘shilishi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, Los-Anjelesdagi o‘yinlar dasturiga 2024 yilda Parij Olimpiadasida debyut qilinadigan breyk kiritilmadi.
Eslatib o‘tamiz, Los-Anjelesda o‘tadigan Olimpiada o‘yinlari 2028 yilning 14-30 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Rossiya olimpiya qo‘mitasinining faoliyatini to‘xtatgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr