Olimpiada ishtirokchisi benzin quyib, yoqib yuborildi

Sport

image

Ugandalik uzoq masofaga yuguruvchi, 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlari ishtirokchisi Rebekka Cheptegi hujumga uchrab, og‘ir ahvolda qoldi. Bu haqda “Sky Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Cheptegi 1 sentyabr kuni Keniyadagi uyida bo‘lganida yigiti Dikson Ndiyem tomonidan ayovsiz kaltaklangan.

Qayd etilishicha, Ndiyem janjal paytida bir banka benzinni Cheptegiga sepib, uni yoqib yuborgan.

33 yoshli Cheptegi tanasining 75 foizi kuygan holda shoshilinch shifoxonaga yotqizilgan. Hujum qilgani taxmin qilingan shaxsning o‘zi ham yong‘in oqibatida og‘ir jarohat olgan.

2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida Cheptegi marafonida ishtirok etdi. Sportchi masofani 2.32.14.00 da bosib o‘tib, 44-o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada Uganda Rebekka Cheptegi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made