Olimpiada ilk bor Afrika qit’asida o‘tkazilishi mumkin

Sport

image

Qora qit’aning tarixiy mamlakatlaridan biri – Misr 2036 yil bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarini o‘zida qabul qilmoqchi. Bu haqda mamlakat sport vaziri Ashraf Sobhi ma’lum qildi.

Sobhining ta’kidlashicha, Misr bu borada Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga rasmiy xat jo‘natishga tayyor. Qayd etish joiz, XOQ prezidenti Tomas Bax Afrika mamlakatlarining bunday tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashi haqida anchadan buyon gapirib keladi. Chunki, hozirgacha ushbu qit’a mamlakatlari hech qachon Olimpiya o‘yinlarini qabul qilmagan.

Hozirda Qohiradan 45 km uzoqlikda “Misrning Xalqaro Olimpiya shaharchasi” nomli yirik sport kompleksini qurish ishlari olib borilmoqda. U yerda Olimpiya shaharchasi va 90 ming o‘rinli, asosiy marosimlar o‘tkaziladigan bosh stadion, suzish havzasi va tennis kortlari qad rostlashi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, Misrdan tashqari Hindiston, Rossiya, Ukraina, Turkiya va Ispaniya ham 2036 yilgi Olimpiadani qabul qilish niyatida ekanini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Afrika davlatlari orasida so‘nggi bor Keyptaun (Janubiy Afrika) shahri 2004 yilgi Olimpiadani qabul qilish uchun kurash olib borgan. Biroq, yakunda mezbonlik Olimpiada vatani hisoblangan Afina shahriga berilgan.

Ma’lumot uchun, 2032 yilgi Olimpiya o‘yinlari mezbonligi Avstraliyaning Brisben shahriga ishonib topshirilgan. Bungacha Pekin-2022, Milan-2026, Barselona-2030 qishki, Parij-2024 va Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Misr Qohira Olimpiya o'yinlari Ashraf Sobhi Olimpiada-2036

Baholaganlar

26

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing