Olimpiada boshlanmasdan muammolar boshlandi

Sport

image

Kecha, 4 fevral kuni 2026 yilda Italiyada bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiada o‘yinlarining dastlabki musobaqalari boshlandi. Sportchilar turnirning ilk kunlaridayoq ayrim tashkiliy muammolarga duch kelishdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Kecha, 4 fevral kuni aralash juftliklar o‘rtasidagi kyorling bahslari bo‘lib o‘tdi. Kun doirasida to‘rtta parallel uchrashuv o‘tkazildi.

Manbaga ko‘ra, uchrashuvlarning birida dastlabki daqiqalarda Kortina-d’Ampezzodagi arenada yoritish tizimida nosozlik yuzaga kelib, chiroqlar qisman o‘chib qolgan. Shu sababli o‘yinlar vaqtincha to‘xtatilgan. Muammoni bartaraf etish uchun taxminan besh daqiqa vaqt ketgan. Yoritish tiklangach, bahslar davom ettirilgan.

Ma’lumot uchun, 1-bosqich o‘yinlarida Shvetsiya Janubiy Koreyani 10:3, Kanada Chexiyani 10:5, Buyuk Britaniya Norvegiyani 8:6, Shveysariya Estoniyani 9:7 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Milan-Kortina –2026 qishki Olimpiada o‘yinlarining rasmiy ochilish marosimi ertaga, 6 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston delegatsiyasi qishki Olimpiya o‘yinlari uchun 4 ta yo‘llanma qo‘lga kiritganligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada Italiya kyorling

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing