Olimpiada bahslari uchun salkam 9 million chipta sotildi

Sport

image

Hozirga qadar Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga rekord miqdorda chiptalar sotildi. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) sport direktori Kit Makkonnell ma’lum qildi.

“8,8 milliondan ortiq chiptalar sotildi – bu ajoyib ko‘rsatkich. Fransiyadagi sport musobaqalari uchun tarixdagi eng ko‘p chiptalar o‘z egasini topishi kutilmoqda”, deydi Makkonnell.

Qayd etish joiz, bu borada oldingi rekord 1996 yilgi Atlanta Olimpiadasiga tegishli edi. AQSHda o‘tkazilgan musobaqalar uchun 8,3 million chipta sotilgan.

Ma’lumot uchun, Parijda o‘tkaziladigan bahslar tarixdagi 33-Olimpiada hisoblanadi. Shahar o‘z tarixida 3-marta yozgi sport o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Bungacha 1900 va 1924 yillarda Olimpiada Fransiya poytaxtida o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Parijdagi  Olimpiya shaharchasida alkogol ichish taqiqlanmagani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Parij Olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing