Olimlar yangi lazer nurini kashf qildi

Olam

image

Xalqaro olimlar guruhi dunyodagi birinchi doimiy ishlaydigan yarim o‘tkazgichli lazerni kashf qildi. Bu haqda tadqiqot natijalari “Nature Communications” jurnalida e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, tadqiqotchilar kremniy-germaniy-qalay va germaniy-qalay qotishmasidan iborat lazerni namoyish etgan. Avvalgi yuqori energiya sarfini talab qiladigan germaniy-qalay lazerlardan farqli o‘laroq yangi qurilma faqat 5 milliamper oqim va 2 volt kuchlanishda ishlaydi. Bu oddiy LED nurning energiya iste’moliga teng degani.

Maxsus halqa shaklidagi tuzilma tufayli lazer minimal quvvat iste’mol qiladi va deyarli issiqlik chiqarmaydi. Bu esa uning 90 kelvin (−183,15°C) haroratgacha barqaror ishlashini ta’minlaydi. U tranzistorlarda ishlatiladigan odatiy kremniy substratlari ustida shakllantirilgan va IV guruh elementlari asosida ishlaydigan birinchi lazer sifatida qayd etilgan.

“Ushbu ish kremniy fotonikasini qo‘llagan holda yangi elektron qurilmalar yaratish yo‘lini ochadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning AstroForge startapi tomonidan moliyalashtirilgan tadqiqotda asteroidlardan qanday metallarni qazib olish mumkinligini va ularning haqiqiy qiymatini aniqlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

lazer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing