Buyuk Britaniya ilk bor dronlarni yo‘q qiladigan yangi lazerni sinovdan o‘tkazdi

Texnologiya

image

Buyuk Britaniya armiyasi tomonidan birinchi marta zirhli mashinadan yuqori energiyali lazer quroli otildi va uchuvchi dronlarni muvaffaqiyatli yo‘q qildi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, u aniqlikni ta’minlaydigan ilg‘or sensorlar va kuzatuv tizimlaridan foydalangan holda kuchli infraqizil nurni energiya shaklida o‘z nishoniga yo‘naltirish orqali ishlaydi.

An’anaviy qurol turlaridan muhim afzallik – bu o‘q-dorilar soniga cheklovning yo‘qligi. Britaniya Mudofaa vazirligi bu lazer qurollarini mavjud qurollarga nisbatan tejamkorroq bo‘lishini ta’kidlagan.

“Ushbu ilg‘or texnologiya Buyuk Britaniyaning harbiy innovatsiyalar bo‘yicha oldingi safda qolishini ko‘rsatadi. Ushbu lazer quroli tizimining muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilishi bizning kelajakdagi mudofaa qobiliyatini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir va Britaniya muhandislik mukammal ekanligini namoyish etadi", degan Mudofaa xaridlari va sanoat vaziri, deputat Mariya Igl.

Qayd etilishicha, ushbu lazer  Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining Mudofaa uskunalari va yordami (DE&S) va Mudofaa fanlari va texnologiyalari laboratoriyasi (Dstl) - Team Hersa nomi bilan tanilgan - va Raytheon UK boshchiligidagi sanoat konsorsiumi o‘rtasidagi hamkorlik orqali ishlab chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xalqaro olimlar guruhi dunyodagi birinchi doimiy ishlaydigan yarim o‘tkazgichli lazerni kashf qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya dron lazer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing