O‘quvchi darsga kechikmaslik uchun 10 kilometrni piyoda bosib o‘tdi
Olam
−
25 yanvar 2020
7288Germaniyaning Rostok shahrida yashovchi 13 yashar bola darsga ulgurish va buning uchun 10 kilometrli masofani bosib o‘tish uchun yarim kechasi yo‘lga tushdi. Bu haqda 25 yanvar kuni Deutsche Welle nashri xabar bermoqda.
Tunda o‘g‘illarini topa olmagan ota-ona vahima ko‘tarishadi. Keyin esa bola tomonidan tashlab ketilgan xatga ko‘zlari tushdi. Unda avtobus haydovchilarining ish tashlashlari sabab darsga kech qolishi mumkinligi, shu bois piyoda yo‘lga chiqqanligi yozilgan edi. Politsiya bolani izlay boshladi, ammo topa olishmadi.
Faqatgina tonggi yettida maktabdan qo‘ng‘iroq bo‘ldi: o‘g‘illari sog‘-salomat, hatto darsda o‘tiribdi. Darsga kech qolmaslik uchun u 10 kilometr masofani bosib o‘tgan edi.
LiveBarchasi