Olimlar “Sputnik V” vaksinasining samaradorligiga baho berdi
Salomatlik
−
29 noyabr 2020
8362Virusologiya va epidemiologiya sohasidagi ingliz mutaxassislari Rossiyaning "Sputnik V" koronavirus vaksinasining samaradorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni juda ishonchli deb atashdi. Bunday bayonot bilan ular Kanadaning CBC telekanalida chiqish qilishdi.
"Ma’lumotlar vaksinaning juda samarali ekanligini ko‘rsatmoqda. Ushbu natijalar biz boshqa vaksinalar ustida olib borgan kuzatuvlarimizga mos keladi", dedi London gigiyena va tropik tibbiyot maktabining farmakoepidemiologiya professori Stiven Evans Rossiya vaksinasining 95 foiz samaradorligini ko‘rsatgan klinik sinovlar haqida gapirar ekan.
Telekanalning ta’kidlashicha, olimlarning ijobiy baholari rus vaksinasidagi ishlanmalar o‘zining samaradorligini bir necha bor isbotlaganiga asoslanadi.
Joriy yilning 11 avgust kuni Rossiya dunyoda birinchi bo‘lib "Sputnik V" deb nomlangan koronavirusga qarshi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazdi. Preparat Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining N. F. Gamaleya epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan va iyun-iyul oylarida klinik sinovlardan o‘tgan.
LiveBarchasi