Olimlar Rossiya vaksinasi COVID-19 ga jiddiy ta’sir o‘tkazishidan xavotirda

Salomatlik

image

Rossiyada tayyorlangan “Sputnik-V” koronavirus vaksinasi COVID-19 ning mutatsiyasiga sabab bo‘lishi mumkin. Virusolog olimlar samarali ekani to‘liq isbotlanmagan vaksina virus genlarining o‘zgarishiga olib kelishidan xavotirda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ma’lumki, viruslar, jumladan pandemiyaga sabab bo‘lgan SARS-CoV-2 ham doimiy o‘zgarib turishi mumkin va bu odamlarga qo‘shimcha xavf tug‘dirmaydi.

Biroq ba’zi olimlar samarasi to‘liq isbotlanmagan vaksinani qo‘llab, virus patogeniga “evolyutsion bosim” o‘tkazishning oqibatlaridan xavfsiramoqda. Bu vaziyatning keskin yomonlashuviga olib kelishi mumkinligi aytilmoqda.

“Nomukammal himoya virusga mavjud antitanani chetlab o‘tish imkonini berishi va yangi shtamm yuzaga kelishi mumkin. Bu shtamm boshqa barcha vaksinalarni ham chetlab o‘tadigan bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Shu o‘rinda yomon vaksina u bo‘lmagandagidan yomonroq”, degan Reding universiteti (Buyuk Britaniya) virusolog professori Ien Jons.

“Sputnik V” vaksinasini tayyorlaganlar ikki oylik cheklangan sinovlardan keyin uning samaradorligi isbotlanganini aytmoqda.

Biroq bu sinovlar natijalari e’lon qilinmadi. Shu sababdan g‘arblik olimlar bu vaksinani qo‘llashga qo‘rqyapti. Ular xalqaro darajada tan olingan barcha sinov bosqichlari to‘liq yakunlanguncha uni qo‘llashdan tiyilishga chaqiryapti.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning “Sputnik V” koronavirus vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi sinovlarda 40 000 ko‘ngilli ishtirok etyapti.

“Vaksina samarali ekaniga ishonch hosil qilish kerak. Biz haqiqatan buni bilmaymiz”, degan AQSHning Vanderbilt universiteti tibbiyot maktabining professori va vaksinalar bo‘yicha eksperti Ketrin Edvards.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksinaning virusga ta’siri, uni bloklashi yoki organizmga moslashtirishi doim bezovtalik bilan bo‘ladi.

Bostondagi Bet Israel Diakoness tibbiyot markazi mutaxassisi Den Baruxning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning mutatsiya chastotasi anchayin past.

Olimlarning fikricha, virusning vaksina natijasida mutatsiyaga uchrashi kamyob holat.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus vaktsinasi

Baholaganlar

566

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing