Olimlar pandemiya va iqlim o‘zgarishi o‘rtasida bog‘liqlikni aniqladi
Olam
−
08 fevral 2021
8581“Tadqiqot natijasida o‘tgan yuz yillikda Xitoyning janubiy Yunnan viloyati hamda Myanma va Laos atrofidagi hududlarda o‘simliklar turidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlar aniqlandi”, deyiladi bayonotda.
Ma’lum qilinishicha, o‘simlik va daraxtlarning o‘sishiga ta’sir qiladigan iqlim o‘zgarishi, shu jumladan havo haroratining ko‘tarilishi, quyosh nuri hamda atmosferadagi karbonat angidrid miqdorining ortishi kabi omillar tropik butalardan tortib tropik savannalar va bargli o‘rmonlarga qadar flora va faunaning tabiiy muhitini o‘zgartirgan.
“O‘simlik dunyosi tabiiy muhitining o‘zgarishi natijasida o‘rmonlarda yashovchi ko‘rshapalaklarning ko‘p turlari uchun qulay yashash muhiti paydo bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Bayonotga ko‘ra, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘tgan yuz yil davomida 40 turdagi ko‘rshapalaklar Janubiy Xitoyning Yunnan provinsiyasiga ko‘chib o‘tgan va ular o‘zlari bilan koronavirusning yana yuzga yaqin turini olib kelgan.
Olimlarning fikriga ko‘ra , ko‘rshapalaklarning boshqa joylarga ko‘chiishi hayvonlar va viruslar o‘rtasida yangi o‘zaro ta’sirga olib kelgan, natijada ko‘proq zararli viruslar paydo bo‘lgan va tarqalgan.
Dunyo ko‘rshapalaklari taxminan 3 mingdan ortiq koronavirus turining manbai hisoblanadi. Bir dona ko‘rshapalak o‘zida o‘rtacha 2,7 turdagi koronavirusni olib yurishi mumkin.
“Iqlim o‘zgarishi natijasida ma’lum bir mintaqada ko‘rshapalak turlari sonining ko‘payishi zararli koronavirusning paydo bo‘lishi, tarqalishi yoki rivojlanishi ehtimolini oshirishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Koronavirus "o‘chog‘i" bo‘lgan Xitoyning Uxan shahriga yo‘l olgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari virusning kelib chiqishini o‘rganishda "muhim dalillar" topdi.
Ma’lumot uchun, koronavirus “o‘chog‘i” bo‘lgan Xitoyning Uxan shahrida COVID-19 epidemiyasi 2019 yilning dekabr oyida boshlangan edi. Shundan so‘ng, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoyda ushbu virusning tarqalishini 2020 yilning 30 yanvarida favqulotda vaziyat, 11 martida esa pandemiya, deb e’lon qildi.
LiveBarchasi