Olimlar ko‘rshapalaklardan odamlarga yuquvchi bedavo virus xavfidan ogohlantirdi

Olam

image

Olimlar ko‘rshapalaklardan odamlarga tezlik bilan yuqadigan Nipah virusi yangi pandemiyaga sabab bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda "Express" nashriga asoslanib xabar berilgan. 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kasallik epidemiyasi har yili Bangladesh va Hindistonning zich joylashgan hududlarida vujudga keladi. Ularning fikriga ko‘ra, odamlar ushbu virusni ko‘rshapalaklarning tupugi tekkan mevalar orqali yuqtiradi. 

Olimlarning ta’kidlashicha, virus yuqtirilgandan so‘ng odamda o‘lim darajasi 90 foizni tashkil qiladi. Shu bilan birga, ushbu virusga qarshi hech qanday dori-darmon va vaksina mavjud emas.

Ularning qo‘shimcha qilishicha, Nipahni odamdan odamga yuqishi SARS-CoV-2 koronavirusiga qaraganda ancha qiyin, ammo uning avj olishi tobora ortib bormoqda. 

Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning 11 mart kuni COVID-19 virusi avj olishini pandemiya deb e’lon qilgan.

Dunyoda koronavirusga chalinganlar 50 milliondan oshgan. 1,2 milliondan ko‘p bemor virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

virus pandemiya

Baholaganlar

321

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing