Olimlar koronavirusning ikkita yangi shtammini aniqladi

Olam

image
Xavf yaqin: “britaniyalik” koronavirus Rossiyaga kirib bordi north_east

Xavf yaqin: “britaniyalik” koronavirus Rossiyaga kirib bordi

AQSHning Ogayo universiteti olimlari koronavirusning ikkita yangi shtammini aniqladi, ulardan biri "britancha" shtamm bilan o‘xshashliklarga ega, ikkinchi shtamm virusi esa yanada yuqumli ekanligi aytilmoqda.

Ogayo universitetining bayonotida aytilishicha, birinchi mutatsiya, "britancha" shtammga o‘xshash bo‘lsa-da, lekin u AQSHda paydo bo‘lgan. Ikkinchi shtamm ilgari SARS-Cov-2 da topilmagan uchta genetik mutatsiyaga ega.

Bu shtammlarning birinchisi yaqinda Ogayo shtatidagi bir bemorda topilgan va olimlar hozircha uning qanchalik keng tarqalgani haqida aniq fikrga kela olmayapti. Ikkinchi shtamm Kolumbus shahrida 2020 yil dekabr oyi oxiri — 2021 yil boshlarida ko‘paya boshlagan.

Olimlarning fikriga ko‘ra, ikkinchi shtammdagi mutatsiyalar virusning yuqumlilik holatini va shu bilan kasallikning odamdan odamga o‘tishini kuchaytirishi mumkin. 

Tadqiqotchilar ushbu mutatsiyalar vaksinalarning samaradorligiga ta’sir qiladi deb xulosa qilish uchun hali asoslar yo‘qligini ta’kidladilar.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyining o‘rtalarida Buyuk Britaniyada SARS-CoV-2 koronavirusining yangi mutatsiyasi aniqlangani ma’lum bo‘ldi. Keyinchalik, Buyuk Britaniya rasmiylari mamlakatda aniqlangan koronavirus shtammi tezroq tarqalayotganini va aholidan yanada ehtiyotkorlikni talab qilishini tasdiqladilar. Yangi shtamm odatdagi shtammga qaraganda 70 foiz  ko‘proq yuqumli deb taxmin qilingan bo‘lsa-da, hali o‘lim holatlari yoki gospitalizatsiya nuqtai nazaridan xavfli ekanligini tasdiqlaydigan asos yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

130

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing