Olimlar koronavirusga chalingan sartaroshlarning siriga qiziqib qoldi
Olam
−
11 iyun 2020
13146AQSHdagi sartaroshxonada koronavirus pandemiyasi davrida tibbiy niqoblarning samaradorligini tasdiqlovchi holat o‘rganilmoqda. Springfild shahridagi sartaroshxonalardan birida ishlovchi ikki nafar sartaroshida infeksiya aniqlandi. Ular buni shamollash alomati deb o‘ylashdi va ishlashda davom etishdi. Shunga qaramay, birorta ham mijozga infeksiya yuqtirishmadi. Hatto ularning hamkasblari ham kasallik bilan zararlanishmadi.
Olimlar va rasmiylar bu holat bilan qiziqib qoldi. Aniqlanishicha, kasallik davrida 140 mijoz qabul qilingan. Mijaozlarning barchasi testdan o‘tkazildi – javob esa salbiy chiqdi. Ularni infeksiyadan qutqara ogan yagona narsa niqoblar bo‘lib chiqdi. O‘sha paytda tibbiy niqoblarni sartarosh ham, mijozlarning o‘zlari ham taqib olishgan.
“Bu Covid-19 profilaktika niqoblarining ahamiyati haqidagi hayajonli yangilik", tuman sog‘liqni saqlash boshqarmasi direktori Kley Goddard.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirusga chalinganlar soni 2 mln dan oshdi. Infeksiya oqibatida 112 925 bemor vafot etgan bo‘lsa, 533 504 nafari shifo topgan.
LiveBarchasi