Olimlar iqlim o‘zgarishining jiddiy oqibatlaridan ogohlantirdi

Olam

image

Germaniyadagi Maks Plank Kimyoviy ekologiya instituti (MPICE) olimlari iqlim o‘zgarishi va havo ifloslanishi XXI asr oxiriga borib o‘lim holatlarining sezilarli darajada ortishiga olib kelishini ma’lum qildi. Bu haqda institut rasmiy saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, tadqiqotda kompyuter modellashtirish usuli qo‘llanilib, 2000 yildan buyon harorat o‘zgarishi va havo ifloslanishi bo‘yicha prognoz ma’lumotlari tahlil qilingan.

Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu  asr oxiriga borib qo‘shimcha 30 million kishining hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘lishi mumkin. Tadqiqot guruhi rahbari Andrea Pozzerning ta’kidlashicha, yillik o‘lim ko‘rsatkichi 19,5 million kishiga yetishi ehtimoli bor.

Tahlil natijalariga ko‘ra, havo ifloslanishi tufayli umumiy o‘lim darajasi besh barobarga, harorat o‘zgarishlari esa yetti barobarga ortishi mumkin. Bundan tashqari 2100 yilga borib, yer yuzidagi aholining taxminan 20 foizi ekstremal harorat o‘zgarishlariga moslashishga majbur bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq insoniyat global suv aylanish tizimini o‘z tarixida birinchi marta muvozanatdan chiqarib yuborgani xabar qilingandi. Ushbu holat o‘sib borayotgan suv inqirozini kuchaytiradi, iqtisodiyotga, oziq-ovqat ishlab chiqarishga va tiriklikka jiddiy zarar yetkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

iqlim o'zgarishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing