Olimlar Afrikada yangi okean paydo bo‘lishini aytdi
Olam
−
20 iyul 2020
16136Olimlar yangi okean paydo bo‘lishi haqida ogohlantiryapti. Bu haqda “NBC News” xabar berdi.
Tadqiqotchilarning hisob-kitobiga ko‘ra, taxminan 50 million yildan keyin Afrika sharqida tektonik bo‘linish yuz beradi, natijada qit’a ikkiga bo‘linadi.
Qit’aning bu qismi Efiopiyadagi Afar mintaqasida joylashgan. U sekinlik bilan bir-biridan ajralib ketuvchi uchta tektonik qatlam birlashgan joyda joylashgan. 2005 yilda u yerda yoriq paydo bo‘lgan. Hozir uning uzunligi 56 km.
“Bu yerda Kontinental rift okean riftiga aylanmoqda. Bu hodisani Yerda faqat shu joyda kuzatish mumkin”, deydi Buyuk Britaniyaning Lids universiteti professori Kristofer Mur.
Olimlar bu hodisa ko‘tarilayotgan magmaning bosimi ortib borayotgani sabab yuzaga kelayotganini taxmin qilyapti. Hozir ular plitalar harakatini GPS orqali kuzatyapti.
LiveBarchasi