“Olg‘a Qoraqalpog‘iston” partiyasi yetakchisi ustidan sud boshlandi

Jamiyat

image

Nukus voqeasi bo‘yicha ayblanuvchilar – Amanbay Sagidullayev va Niyetbay Urazbayevlar ustidan Qoraqalpog‘iston sudi tomonidan jinoyat ishi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Amanbay Sagidullayev Jinoyat kodeksining 28, 104, 158, 159, 244 va 244-1-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan bo‘lsa, Niyetbay Urazbayev Jinoyat kodeksining 28, 104, 159, 244 va 244-1-moddalari bilan ayblanmoqda.

Jinoyat-protsessual kodeksining 410-moddasi (sud muhokamasida sudlanuvchining ishtiroki)ga asoslanib, sudlanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lgani va ularni sudga keltirish imkoni yo‘qligi sababli ushbu jinoyat ishi bo‘yicha sud muhokamasi A.Sagidullayev va N.Urazbayevning ishtirokisiz o‘tkazilmoqda.

Ma’lumot uchun, Amanbay Sagidullayev 1967 yilda tug‘ilgan bo‘lib, hozirda Norvegiyada yashaydi. U “Olg‘a Qoraqalpog‘iston” partiyasi yetakchisi.

Niyetbay Urazbayev esa 1969 yilda tug‘ilgan bo‘lib, Qozog‘istonning Mang‘istau viloyati “Allayar yo‘li” qoraqalpoq etnik-madaniy birlashmasi raisi. U hozirda Qozog‘istonda yashaydi. 

Ularning ikkisi ham qidiruvga berilgan shaxslar ro‘yxatida turadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 mart kuni Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud Nukus voqeasi Olg'a Qoraqalpog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing