Oldinga yurmasak, Xitoy bizni “yeydi” – Bayden 

Olam

image

Amerika Hukumati Xitoy bilan munosabatlarda tashabbusni o‘z zimmasiga olishi kerak. AQSH Prezidenti Jo Bayden Xitoy rahbari Si Szinpin bilan telefon orqali o‘tkazilgan muloqotidan so‘ng shunday fikrni aytgan.

"Suhbatimiz yaxshi o‘tdi, men uni bilaman (Si Szinpin), vitse-prezidentligimda u bilan juda ko‘p uchrashganmiz. Ammo, bilasizmi, agar oldinga siljimasak, ular bizni "yeydi", degan Bayden Pekinning AQSH transport bozoriga kirishga urinishini eslab. 

Ta’kidlanishicha, birinchi suhbat davomida rahbarlar ikki tomonlama munosabatlarga oid bir nechta masalalarni ko‘targan. 

Suhbatda Bayden iqtisodiy va harbiy masalalarga ustuvor ahamiyat berib, hamkorlikning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlari, jumladan, iqlim o‘zgarishi va yadroviy qurollarni alohida ta’kidlagan. 

Avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden inauguratsiyasidan keyin ilk bor Xitoy rahbari Si Szinpin bilan suhbatlashgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy

Baholaganlar

493

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing