Oldimizda yana bir muhim o‘yin turibdi – Umarali Rahmonaliyev

Sport

image

Joriy yilning 15 mart kuni futbol bo‘yicha U-20 Osiyo chempionatining yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Mezbon – O‘zbekiston jamoasi mazkur bosqichda Janubiy Koreya vakillari bilan kuch sinashib, penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi va turnirning final bosqichiga yo‘l oldi. Bahs yakunlangach, O‘zbekiston U-20 jamoasi sardori Umarali Rahmonaliyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Butun o‘zbek xalqini bu g‘alaba bilan tabriklayman. Oldimizda yana bir muhim o‘yin turibdi. Finalda bor kuchimizni ishga solib g‘olib bo‘lish uchun maydonga tushamiz. Butun bahs davomida bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorlik bildiraman”, deydi Rahmonaliyev.

Shuningdek, Rahmonaliyev, uchrashuvdan oldin jamoa a’zolari bilan raqibning uslubini sinchkovlik bilan o‘rganganini ma’lum qildi.

“Bahsdan avval Janubiy Koreya jamoasining o‘yinlarini o‘rgandik. Murabbiylarimiz bergan topshiriqlar bo‘yicha o‘yin ko‘rsatdik. O‘ylaymanki, o‘yin bo‘yicha ham biz g‘alabaga haqliroq edik. Penaltilar seriyasida muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ldi. Finalda ham omad biz tarafda bo‘lishiga umid qilaman”, deya qo‘shimcha qildi jamoa sardori.

Osiyo chempionati U-20 final o‘yini 18 mart kuni o‘tkaziladi. Hal qiluvchi bellashuvda O‘zbekiston vakillari iroqlik tengdoshlari bilan kuch sinashadi. O‘yin soat 19:00 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

U-20 Osiyo chempionati Rahmonaliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing