OFK o‘zbekistonlik darvozabonni e’tirof etdi
Sport
−
23 mart 2023
5763Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-20 terma jamoasi posboni Otabek Boymurodov Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan “Kelajak yulduzi” degan nomga loyiq ko‘rildi. Bu haqda OFK o‘z rasmiy saytida xabar berdi.
Muxlislar tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada Boymurodov 35,3% natija bilan 1-o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlarni iroqlik Ali Jasim Aloibi yaponiyalik Naoki Kumata va Janubiy Koreya vakili Kim Yon Hak band etdi. Jasim va Kumata 29,5% ovoz to‘plagan bo‘lsa, Hakga 5,8% muxlis ovoz berdi.
19 yoshli Otabek Boymurodov U-20 Osiyo chempionati davomida olti o‘yindan beshtasida o‘z darvozasi daxlsiziligini saqlab qoldi. Shuningdek, u Janubiy Koreyaga qarshi penaltilar seriyasida raqibning 3 ta to‘pini bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi. Musobaqadagi ishonchli o‘yinlari bilan Otabek turnirning eng yaxshi darvozaboni unvoni bilan ham taqdirlandi.