Olarda kirar jonim... Jeenbekov BMT sessiyasida qarzini qaytarolmayotganidan nolidi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakatning tashqi qarzidan tashvishda. Pandemiya Qirg‘izistonning nafaqat istisodiyotiga, balki qarzni uzish salohiyatiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Jeenbekov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida xalqaro tashkilotlar va moliya institutlariga qarzni to‘lashni to‘xtatib turishdagi yordami uchun minnatdorlik bildirdi. 

U so‘zi tavvalida COVID-19 dan vafot etganlarning yaqinlari va oilalariga hamdardlik bildirgan: 

“Tashkilotimizning yubiley 75 yilligi og‘ir sharoitlarda o‘tkazilmoqda. COVID-19 pandemiyasi BMT tashkil topganidan beri asosiy global muammolardan biriga aylandi. 

Yaqinlarini yo‘qotganlarning barchasiga hamdardlik bildiraman. Ushbu kasallik bilan kurashayotgan har bir kishiga tezroq shifo tilayman”. 

Davlat rahbari pandemiya sharoitidan kelib chiqib, Qirg‘izistonning tashqi qarzini qayta ko‘rib chiqishni so‘radi. 

“Pandemiya mamlakatlarimiz ijtimoiy sohasi va iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Kichik va o‘rta biznes zarar ko‘rdi. Qirg‘iziston sherik mamlakatlar va xalqaro tashkilotlardan ushbu qiyin paytda qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdor. 

Koronavirusning tushishi tashqi qarz muammosiga katta zarba berdi. Qarzni to‘lashni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror uchun G20 ga a’zo mamlakatlar va xalqaro moliya institutlariga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. 

Barqaror rivojlanish loyihalari evaziga tashqi qarzni chuqur qayta qurish bo‘yicha taklifimizni qo‘llab-quvvatlashingizni iltimos qilamiz”, deydi Jeenbekov. 

Qirg‘izistonning tashqi qarzi rekord ko‘rsatkichga chiqqan. Joriy yil iyul oyi oxiriga kelib Qirg‘iziston Respublikasining umumiy milliy qarzi 4 milliard 824 million dollarni tashkil etmoqda. Uning asosiy qismi tashqi qarzga to‘g‘ri keladi – 4 milliard 170 million. So‘nggi oylarda davlat qarzi faol ravishda o‘sib bormoqda. Qarz miqdori joriy yilning may oyi oxirida birinchi marta 4,7 milliarddan oshdi. Keyin oylarda ham jarayon davom etib, 4,8 ni tashkil etdi.  

Iyul oyida rasmiylar deyarli barcha ikki tomonlama kreditorlar bilan tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish uchun to‘lovlarni kelgusi 3-4 yilga kechiktirish to‘g‘risida kelishuvga erishilganligini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Sooronbay Jeenbekov

Baholaganlar

428

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing