Oktyabrda qaysi mahsulotlar eng ko‘p qimmatlashdi?

Jamiyat

image

Joriy yilning oktyabr oyida "Qo‘yliq" va "Chorsu" dehqon bozorlarida asosiy iste’mol tovarlaridan sabzi, olma, rizamat uzum, nok, limon kabi mahsulotlar arzonlashdi. Kartoshka, piyoz, sarimsoq piyoz, bodring, bulg‘or qalampiri kabi mahsulotlar esa oshdi. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
 
Qayd etilishicha, ushbu davr mobaynida bozorda sariq sabzi 500 so‘mga, qizil sabzi 250 so‘mga, import olma 2500 so‘mga, rizamat uzumi 1500 so‘mga, import nok 2500 so‘mga va limon 9 ming so‘mga arzonlashgan.

Ammo kartoshka 675 so‘mga, piyoz 100 so‘mga, sarimsoq piyoz 2500 so‘mga, bodring 625 so‘mga, pomidor 2 ming so‘mga, bulg‘or qalampiri 1500 so‘mga, baqlajon 250 so‘mga, olma 2500 so‘mga, uzum 2 ming so‘mga, nok 1000 so‘mga, tarvuz 900 so‘mga va qovun narxlari 1000 so‘mga oshgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu davr mobaynida hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga jami 357,2 tonna, shu jumladan 302,7 tonna mol go‘shti va 54,5 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

“Qo‘yliq” bozoriga esa hududlardan jami 23,7 ming tonna, xususan, 12,4 ming tonna kartoshka, 8,4 ming tonna piyoz, 966 tonna karam va 1,9 ming tonna sabzi keltirilgan.

Shundan, Toshkent viloyatidan 1 107 tonna kartoshka, 1 564 tonna piyoz, 966 tonna karam, 573 tonna sabzi, Samarqand viloyatidan 1 144 tonna kartoshka, 78 tonna sabzi, Namangan viloyatidan 69 tonna kartoshka, Jizzax viloyatidan 6,8 ming tonna piyoz va 27 tonna sabzi, Farg‘ona viloyatidan 210 tonna, Qashqadaryo viloyatidan 600 tonna, Xorazm viloyatidan 27 tonna, Buxoro viloyatidan 151 tonna, Sirdaryo viloyatidan 158 tonna va Andijon viloyatidan 67 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘iston Respublikasidan 5 010 tonna, Qirg‘iziston Respublikasidan 844 tonna, Afg‘oniston Islom Respublikasidan 902 tonna va Eron davlatidan 3 347 tonna kartoshka keltirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

go'sht kartoshka Chorsu Qo'yliq

Baholaganlar

42

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing