Oktyabr oxiriga kelib koronavirusga chalinganlar qariyb 67 mingga yetdi

Jamiyat

image

Bugun, 31 oktyabr kuni O‘zbekistonda 227 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Shu bilan birga, bugun 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 566 nafarga yetdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Buxoro Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 257 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 66 932 nafar bemordan 64 235 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 131 nafar bemordan 266 nafari og‘ir, 72 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

258

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing