Oktyabr oxirida juda ko‘p energiya sarflaymiz – Habib 

Sport

image

Yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Habib Nurmuhamedov o‘zining Instagram sahifasida jamoadoshlarining oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan janglariga munosabat.

“Murabbiyim Xaver Mendes bilan birga ko‘p energiya sarflashimiz kerak, chunki oktyabrning oxirgi haftasi bizdan katta kuch talab qiladi. Umid qilamanki, aka-ukalar qo‘lidan kelganini qiladi”, deya yozgan Habib.

Eslatib o‘tamiz, yengil vazn toifasida Islam Maxachev UFC 267 turnirida Den Xukerga qarshi oktagonga ko‘tariladi va ushbu jang joriy yilning 30 oktyabrida BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadi. Dastlab, Maxachevga reja bo‘yicha sobiq chempion Rafael Dos-Anos raqiblik qilishi kerak edi. Biroq braziliyalik sportchi sog‘ligida muammo kuzatilgani sababli bahsda qatnashmaydigan bo‘ldi.

Shuningdek, yarim yengil vazn toifasida Zubayra Tuxugov Rikardo Ramos bilan bahs olib boradi. 

Ma’lumot uchun, ushbu jang oqshomida Islam va Zubayraga Habib Nurmuhamedov sekundantlik qiladi


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov Xav'er Mendes Islam Maxachev UFC 267 Zubayra Tuxugov

Baholaganlar

12

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing