Zubayra Tuxugov oktagonga qaytmoqda
Sport
−
03 mart 4793 1 daqiqa
Rossiyalik taniqli aralash yakkakurash ustasi, sobiq UFC jangchisi Zubayra Tuxugov 2025 yilda sportdagi faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Zubayra Tuxugov 2025 yilda qaytadi. Ayni damda muzokaralar olib borilmoqda”, deydi sportchi jamoasi vakili.
34 yoshli Tuxugov so‘nggi bor 2023 yilning fevralida UFC 284 musobaqasida jang qilgan. U braziliyalik Elves Brennerga hakamlarning bo‘lingan qarori bilan yutqazgan va tashkilot a’zoligini tark etgan. Tuxugov aralash yakkakurashlarda jami 20 ta g‘alaba va oltita mag‘lubiyatga uchragan. Uning yana bir jangi durang bilan yakunlangan.
Live
Barchasi