Oksana Chusovitina 44 yoshida ham shohsupadan tushmayapti
Sport
−
21 may 2019
2813Ayni kunlarda Xitoyning Chjaotsin shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogi bosqichi musobaqalari o‘tkazilmoqda.
Musobaqaning tayanib sakrash yo‘nalishida ishtirok etgan o‘zbek sporti malikasi Oksana Chusovitina 14.350 ball jamg‘arib, jahon kubogining kumush medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu bellashuvda oltin medalga xitoylik Yu Linmin sazovor bo‘lgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin malayziyalik Yuex Tan Inga nasib etdi.