Oq uyda Mustaqillik kuni nishonlandi (fotoreportaj)

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, kecha, 4 iyul kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari mustaqilligining 244 yilligi nishonlandi. Ushbu kuni munosabati bilan Prezident qarorgohi – Oq uyda tantanali marosim o‘tkazildi. Unda mamlakat Prezidenti Donald Tramp va birinchi xonim Melaniya Tramp ham ishtirok etdi. 

Tadbir Oq uyning janubiy maysazorida bo‘lib o‘tdi. “The Guardian”ning yozishicha, unda niqob taqish va ijtimoiy masofa saqlash kabi qoidalarga rioya qilinmagan. 

Amerikaning harbiy samolyotlari va vertolyotlari Vashington markazida AQSH mustaqilligi kuniga bag‘ishlangan "Amerikaga salom! " tadbirida uchib o‘tdi. 

Paradda aviatsiya sanoatining turli davrlarini aks ettiruvchi, jumladan Ikkinchi Jahon urushidan davri va yangi asr harbiy texnologiyalari ishtirok etdi. 

Tadbir Prezidentning "1-raqamli bort" - Harbiy-havo kuchlari 1-ning Oq uyi ustidan parvozidan boshlandi.  

Paradning asosiy qismi AQSH Prezidenti Donald Trampning nutqidan keyin davom etdi. 

Ma’lumot o‘rnida, 4 iyulda AQSH aholisi mamlakatning asosiy milliy bayrami – Mustaqillik kunini nishonlaydilar. Ko‘plab amerikaliklar shu kunda milliy – ko‘k, oq va qizil ranglarda kiyinishadi, uylar va ko‘chalar AQSH bayroqlari bilan to‘ladi. 

AQSHning  Buyuk Britaniyadan mustaqilligini e’lon qilgan Deklaratsiya Kongress tomonidan 1776 yil 2  iyulda Filadelfiyada (Pensilvaniya shtati) qabul qilingan. Ikki kun o‘tgach, Kongress hujjatning o‘zgartirilgan variantini ma’qulladi va ommaga tarqatishni buyurdi.  Chuning uchun Amerika Qo‘shma Shtatlarining mustaqillik kuni 4 iyul etib belgilandi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha AQSH Prezidenti Donald Trampga tabrik maktubini yo‘llagan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Oq uy AQSh mustaqillik kuni

Baholaganlar

171

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing