Oq uy vakili “qovun tushirdi” 

Olam

image

Oq uy vakili Jen Psaki AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampnining lavozimini unutib qo‘ydi. 

U jurnalistlarning savoliga javob berayotganida Trampni Prezident deb yuborgan. 

"Ishonish qiyin bo‘lishi mumkin, biz Prezident Tramp haqida gaplashishga, uni o‘ylashga ko‘p vaqt sarflamaymiz", degan Psaki. 

So‘ng u darhol xatosini tuzatib, Tramp AQSHning sobiq Prezidenti ekanini aytgan. 

Psaki Donald Tramp haqidagi savollarni Respublikachilar partiyasi a’zolariga yuborishni so‘ragan. 

Shuningdek, jurnalistlar Psakidan AQSHning hozirgi Prezidenti Jo Bayden Trampning Twitter'dagi akkaunti muzlatib qo‘yilganiga qanday munosabatda ekanini so‘rashgan. 

Oq uy vakilining so‘zlariga ko‘ra, sobiq Prezidentning sahifasini bloklab qo‘yish to‘g‘risida kompaniyaning o‘zi qaror qabul qilgan. Bunga Baydenning hech qanday aloqasi yo‘q. 

Ma’lumot o‘rnida, 6 yanvar kuni Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish uyushtirib, Kongress binosiga bostirib kirdi. Kapitoliyga hujum fonida Trampga ikkinchi impichment e’lon qilindi. Shundan so‘ng, bir qator messenjerlar ham Trampning akkauntlarini blokladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jen Psaki

Baholaganlar

462

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing