Bayden Oq uyning matbuot kotibligiga nomzod ko‘rsatdi
Olam
−
30 noyabr 2020
3832AQSH prezidentligiga nomzod Jo Bayden Jen Psakini o‘zining yangi ma’muriyatida Oq uyning matbuot kotibi lavozimiga tayinlamoqchi.
Psaki AQSH Davlat departamenti Matbuot xizmatining rahbari bo‘lgan va hozirda Bayden jamoasining maslahatchisi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Ta’kidlanishicha, Bayden Keyt Bedingfildni Oq uyning aloqa bo‘yicha direktori etib tayinlamoqchi.
Shuni ta’kidlash kerakki, Oq uyning asosiy mutaxassislari lavozimlarini faqat ayollar egallaydi.
Eslatib o‘tamiz, 3 noyabr kuni Qo‘shma Shtatlarda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari lavozimiga asosiy da’vogarlar demokrat Jo Bayden va amaldagi prezident, respublikachi Donald Tramp bo‘ldi.
7 noyabr kuni Amerikaning yetakchi ommaviy axborot vositalari – ABC News, FOX News, CNN, AP va NBC – AQSH prezidenti saylovlarida demokrat Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Natijalar hali rasman e’lon qilinmagan.
LiveBarchasi