Oq uy TikTok bloklanishini qo‘llab-quvvatladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Oq uy ma’muriyati Vashingtonga Xitoyga tegishli TikTok video ilovasini Qo‘shma Shtatlarda taqiqlash huquqini beruvchi ikki partiyaviy qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi.

Qayd etilishicha, o‘nlab respublikachilar va demokratlar Senatga qonun loyihasini kiritgan. Mazkur qonun AQSH Savdo vazirligiga milliy xavfsizlikka “qabul qilib bo‘lmaydigan xavf” keltirib chiqaradigan texnologiyalarni taqiqlash imkonini beradi. Bu harakat Bayden ma’muriyati va yigirmadan ortiq shtat hukumatlari tomonidan hukumat qurilmalarida ilovadan foydalanish taqiqlanganidan so‘ng dunyodagi eng mashhur ijtimoiy media platformalaridan biri bo‘lgan TikTok’ni cheklash harakatlarining jiddiy kuchayishini anglatadi.

Shuningdek, AQSH hukumati va huquq-tartibot idoralari Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli TikTok ilovasidan josuslik qilish, maxfiy shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirish va jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilish uchun ishlatilishi mumkinligini da’vo qilgan.

Baydenning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning ta’kidlashicha, Rossiya, Shimoliy Koreya va Eron kabi AQSHning boshqa dushmanlariga tegishli texnologiyalarga ham taalluqli bo‘lgan RESTRICK qonuni amerikaliklarning texnologiyaga asoslangan xavfsizligiga tahdidlarni hal qiladi.

“Bu bizga bugungi kunda duch kelayotgan tahdidlarni bartaraf etishga yordam beradi, shuningdek, kelajakda bunday xavflarning paydo bo‘lishining oldini oladi. Biz demokratlar va respublikachilar bilan ushbu qonun loyihasi ustida ishlashni davom ettirishni intiqlik bilan kutamiz va Kongressni uni Prezident stoliga yuborish uchun tezda harakat qilishga chaqiramiz”, deydi Sallivan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSHda davlat xizmatchilaridan federal gadjetlardagi TikTok ilovasini o‘chirib tashlash talab qilinganida, Xitoy TIV holatni AQSH tomonidan xorijiy firmalarga bosim o‘tkazish uchun davlat hokimiyatini suiiste’mol qilinishi deb baholagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Oq uy TikTok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing