Oq uy Rossiyada Bayden oilasiga sanksiyalar joriy etilishini “bema’ni qadam” deb atadi

Olam

image

Rossiyaning AQSH Prezidenti Jo Baydenning oila a’zolarini, jumladan uning rafiqasi Jillni sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shish qarori – "bema’ni qadam". Bu haqda Oq uy bayonotida aytiladi. 

“Men bunga hech qanday munosabat bildirmayman, faqat quyidagilardan tashqari: bu sizga Rossiyaning bunday bema’ni harakatlar uchun imkoniyatlari cheksiz ekanligini ko‘rsatadi”, deydi bugun, 28 iyun kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchi Jeyk Sallivan. 

Prezident vakili Germaniyada bo‘lib o‘tgan G7 sammitida qatnashgandan so‘ng, Baydenning NATO sammiti uchun Madridga uchayotgan samolyotida jurnalistlar bilan suhbatlashdi. 

“Ehtimol, hech birimiz ular [Rossiya rasmiylari] bunday ish qilishayotganiga hayron bo‘lmasak kerak”, deydi Sallivan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 28 iyun kuni Rossiya 25 nafar Amerika Qo‘shma Shtatlari fuqarosi, jumaladan mamlakat Prezidenti Jo Baydenning rafiqasi Jill Bayden va qizi Eshli Baydenga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Sanksiyalar ro‘yxatidan joy olgan shaxslar Rossiya hududiga kirishi noma’lum muddatga taqiqlangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

177

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing