Oq uy izolyatsiyaga olingan Baydenning ahvoli haqida ma’lumot berdi
Olam
−
25 iyul 2022
12602Koronavirusga chalingan AQSH Prezidenti Jozey Bayden Paxlovid preparatini qabul qilishda davom etmoqda, kasallik belgilari deyarli butunlay yo‘qolgan. Bu haqda bugun, 25 iyul kuni Oq uy tomonidan tarqatilgan AQSH yetakchisining davolovchi shifokori Kevin O’Konnorning yozma bayonotida aytiladi.
Uning qayd etishicha, davlat rahbari to‘rt kundan beri Paxlovid’ni qabul qilmoqda.
“Hozirda uning alomatlari deyarli butunlay yo‘qoldi”, deya qo‘shimcha qildi shifokor
U Prezidentda hali ham burun tiqilishi va biroz xirillash borligini ta’kidlagan.
"Uning yurak urishi, qon bosimi, nafas olish tezligi va harorati mutlaq normada”, deydi shifokor.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 iyul kuni 79 yoshli Baydenning koronavirus uchun topshirgan testi pandemiya boshlanganidan beri birinchi marta ijobiy natija ko‘rsatdi. U Oq uyda izolyatsiya qilingan va virusga qarshi dorilar bilan davolanmoqda. Uning testi manfiy bo‘lishi bilanoq u odatdagidek ishga qaytishni rejalashtirmoqda, bu haqda qo‘shimcha xabar beriladi.
LiveBarchasi