Oq uy: Bayden Rossiya tomoni bilan ziddiyatlarni muhokama qilishga tayyor 

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiya tomoni bilan mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilmoqchi. Bu haqda Oq uy Matbuot kotibi Jen Psaki ma’lum qilgan.

Uning ta’kidlashicha, davlat rahbari Rossiya va AQSH o‘rtasidagi qarama-qarshilik masalalariga ham to‘xtaladi. 

Psakining so‘zlariga ko‘ra, siyosatchi o‘z pozitsiyasidan chetga chiqmagan, buni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbati ham tasdiqlaydi. 

Vakilning aniqlik kiritishiga qaraganda, Bayden xakerlik hujumlari, saylovlarga aralashish va "Afg‘onistondagi Amerika harbiylariga qilingan hujum uchun to‘lovlar" dan xavotirda. 

"U hatto ziddiyatlarni ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri Putin bilan muhokama qilishga tayyor", degan Psaki.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya

Baholaganlar

107

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing