Oq uy Bayden intizorlik bilan kutayotgan tashrif haqida ma’lumot berdi
Olam
−
03 aprel 2021
9000AQSH Prezidenti Jo Bayden va Yaponiya Bosh vaziri Yoshihide Suga joriy yilning 16 aprel kuni Vashingtonda uchrashadi. Ushbu xabar Amerika ma’muriyati tomonidan tasdiqlandi.
"Prezident Bayden 16 aprel kuni Oq uyda Yaponiya Bosh vaziri Sugani kutib olishni intiqlik bilan kutmoqda", degan Oq uy Matbuot kotibi Jen Psaki.
Bayden va Suga o‘rtasidagi muzokaralar sanasini bundan avval Yaponiya Vazirlar Mahkamasining Bosh kotibi Katsunobu Kato e’lon qilgan.
Vashingtonga borishdan oldin Suga koronavirusga qarshi emlanadi.
Muzokaralar davomida tomonlar Xitoy, Shimoliy Koreya, iqlim o‘zgarishi muammolari va ikki tomonlama strategik ittifoqni muhokama qilishi kutilmoqda.