Oqtovda o‘z uyida qurol savdosini yo‘lga qo‘ygan shaxs qo‘lga olindi
Olam
−
26 oktabr 2019 12343 1 daqiqa
Qurol-yaroq savdosi bilan shug‘ullanish o‘ta og‘ir jinoyatlar turiga kiradi. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida qurolfurushlarga nisbatan og‘ir jazo tayinlangan. Kecha, 25 oktyabr kuni Qozog‘istonda politsiya xodimlari Oqtov shahrida qurol va o‘q-dorilar sotuvchisini qo‘lga oldi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.
Mahalliy qurol sotuvchisining uyidan tintuv paytida 12 dona qurol va 1 ming 497 ta o‘q-dorilar olib qo‘yildi.
Ushbu fakt Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 297-moddasi 3-qismiga binoan sudgacha tergovlarning yagona reyestrida qayd etildi. Erkak vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Hozirda politsiya xodimlari surishtiruvni boshlagan.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr