Oqqo‘rg‘ondagi bog‘chada zaharlangan bolalarning qanchasi shifoxonada qolayotgani ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Maktabgacha ta’lim vazirligi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining intoksikatsiya sindromi belgilari bilan tibbiyot muassasalarida davolanayotgan tarbiyalanuvchilari salomatligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 19 avgust 16:00 soat xolatiga ko‘ra, tibbiyot muassasalarida jami 9 tarbiyalanuvchi davolanmoqda, jumladan 3 nafarining xolati o‘rta og‘ir, 5 nafar bemorning xolati o‘rtacha baholanib, dinamikada sog‘aymoqda, 1 nafar bolaning xolati qoniqarli.

Maktabgacha ta’lim vazirligi tarbiyalanuvchilarning salomatligi va o‘tkazilayotgan surushtiruv ishlari natijalari bo‘yicha ma’lumot berilishini ta’kidlagan.

Bugungacha shifoxonag yotqizilgan bolalarning 21 nafariga uyiga ruxsat berilgan.

Eslatib o‘tamiz, Oqqo‘rg‘on tumanidagi bog‘chada 12 avgust kuni 25 nafar bola zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgandi. Bir kun o‘tib, bemor bolalar soni 30 nafarga yetgandi.

Bolalar zaharlangani holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

bog'cha zaharlanish bola

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing