Oqqo‘rg‘ondagi bog‘chada bolalarning ommaviy zaharlanishi bo‘yicha 6 kishiga ayblov e’lon qilindi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning zaharlanishi bo‘yicha olti kishiga ayblov e’lon qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi QALAMPIR.UZ’ga axborot berdi.

Ma’lum qilinishicha, IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oqqo‘rg‘on tumanidagi 5-sonli MTT tarbiyalanuvchilari  zaharlanishi bilan bog‘liq jinoyat ishi (Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi) bo‘yicha tergov harakatalari olib borilmoqda.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha 6 nafar shaxsga nisbatan (Jinoyat kodeksining 116, 207, 257-1-moddalari) ayblov e’lon  qilinib, ularga nisbatan tegishli ehtiyet choralari qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Oqqo‘rg‘on tumanidagi bog‘chada 12 avgust kuni 25 nafar bola zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgandi. Bir kun o‘tib, bemor bolalar soni 30 nafarga yetgandi.

Bolalar zaharlangani holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Oqqo'rg'on

Baholaganlar

160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing