Oqdaryo tumanining sobiq hokimi tadbirkordan 200 ming dollar olayotganda ushlandi
3-sahifa
−
30 dekabr 2023
8056Toshkent viloyatidan yer olib berishni va’da qilib, tadbirkorni chuv tushirmoqchi bo‘lgan Oqdaryo tumanining sobiq hokimi, muqaddam ichki ishlar organlarida ishlagan shaxs hamda maklerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu 3 nafar shaxs o‘zaro til biriktirib, aldov yo‘li bilan tadbirkorning ishonchiga kirgan va unga Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumani “Surum” MFY hududidan tikuvchilik fabrikasi tashkil etish uchun yer olib berishni va’da berib, 6 million AQSH (64 milliard so‘mdan ortiq) dollari talab qilgan.
Ushbu yer maydoni 11,1 gektar bo‘lib, boshqa bir fuqaroga tegishli mas’uliyati cheklangan jamiyatga berilgan edi. Ammo gumonlanuvchilar yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali yerni tadbirkor nomiga rasmiylashtirib berishga so‘z bergan.
DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda uyushgan guruh a’zolari Toshkent shahridagi kafelardan birida so‘ralgan pul mablag‘idan 200 ming AQSH dollari (qariyb 2 milliard 468 million so‘m)ni oldindan olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
LiveBarchasi