Kurs UZS

USD

12 970.19

-11.06

EUR

13 572.01

-25.85

RUB

142.20

0.03

OITSni davolashi mumkin bo‘lgan dori aniqlandi

Salomatlik

image

Stenford universiteti olimlari ilgari o‘zining saratonga qarshi xususiyatlari bilan tanilgan EBC-46 birikmasi orttirilgan immun tanqisligi sindromiga (OITS) qarshi kurashda katta imkoniyatlarga ega ekanini aniqladi. Bu haqdagi tadqiqot “Science Advances” ilmiy jurnalida chop etilgan.

EBC-46, shuningdek, tigilanol tiglat nomi bilan tanilgan ushbu modda Avstraliyaning shimoliy-sharqida o‘sadigan daraxt (Fontainea picrosperma) mevalarida tabiiy ravishda uchraydi. Modda protein kinaza C (PKC) fermenti bilan bog‘lanadi, u esa OITS, saraton va boshqa kasalliklar bilan bog‘liq hujayra jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. EBC-46 OITS yashirin hujayralarini faollashtiradi va virusni immunoterapiyaga nisbatan zaif holga keltiradi.

Tadqiqot davomida olimlar EBC-46ning 15 xil analogini latent OITS bilan zararlangan hujayralarda sinovdan o‘tkazgan. Ayrim analoglar 90 foizgacha yashirin hujayralarni faollashtirgan. Bu esa ilgari ma’lum bo‘lgan eng kuchli vosita – briostatinning samaradorligidan to‘rt baravar yuqori.

EBC-46 ilgari AQSHda yumshoq to‘qimalar sarkomasini davolash uchun tasdiqlangan va veterinariyada itlarda o‘simtalarni davolashda muvaffaqiyatli qo‘llanilgan. Keyingi qadam sifatida OITSga chalingan hayvonlar ustida sinovlar o‘tkaziladi va keyinchalik odamlarda klinik tadqiqotlarga o‘tiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHdagi Kolumbiya universiteti tadqiqotchilari immun tizimini saraton hujayralarini yo‘q qilishga o‘rgatadigan probiotik bakteriyalarni ishlab chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

OITS EBC-46

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing