Qohira vokzalida fojia: 28 kishi qurbon bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 27 fevral kuni Misr poytaxti Qohira shahri markazidagi Ramzis temir yo‘l stansiyasida yong‘in kelib chiqdi. Oqibatda 28 kishi halok bo‘ldi va 50 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda

Mazkur hodisa sabab Misr transport vaziri Xisham Arafat esa iste’foga chiqarildi. 

На месте столкновения тепловоза с платформой на вокзале в Каире. 27 февраля 2019

Qayd etilishicha, chorshanba kuni poyezd katta tezlikda Qohira markazidagi Ramzis vokzali platformasiga kelib urilgan. To‘qnashish oqibatidan yoqilg‘i bak yonib, portlab ketgan. So‘ngra yong‘in platforma va vagon bo‘ylab tarqalgan.

На месте столкновения тепловоза с платформой на вокзале в Каире. 27 февраля 2019

Hozirda hodisa joyida qutqaruvchilar va prokuratura ish olib bormoqda. Misr bosh vaziri Mustafi Madbuli Ramzis vokzaliga tashrif buyurib, qisqa vaqt ichida hodisa aybdorlarini topib, jazolashga va’da berdi.

На месте столкновения тепловоза с платформой на вокзале в Каире. 27 февраля 2019

Holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Misr Prezidenti va xalqiga hamdarlik bildirgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Misr Qohira

Baholaganlar

43

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing