Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 14 foizli kreditlar ajratiladi
Jamiyat
−
21 dekabr 2021
17527O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2022 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida:
a) loyihalarni moliyalashtirish uchun maqsadli jamg‘armalar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining resurslari tijorat banklariga yillik 10 foiz stavkada joylashtiriladi;
b) imtiyozli kreditlar yillik 14 foiz stavkada:
• aholi hamda tadbirkorlarga – 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
• chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
• bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilik, issiqxona, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha;
• “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga – 3 yilgacha hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 18 oygacha ajratiladi;
• kreditlar hokim yordamchisining tavsiyasi asosida ajratiladi;
• chorvachilik uchun kreditlar kamida 10 dan 50 boshgacha chetdan keltirilgan naslli chorva mollarini boqish uchun kichik fermalarni tashkil etishga beriladi;
• “yetakchi” tadbirkorlarga dehqon xo‘jaliklari yer maydonlari va aholi tomorqalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kooperatsiya asosida yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni xarid qilish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar ajratiladi.
2022 yil 1 martdan kreditlar to‘liq raqamlashgan holda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali ajratiladi.
LiveBarchasi