“Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida aholiga 50 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida o‘z mikro-biznesini yo‘lga qo‘ygan va ijobiy kredit tarixiga ega aholiga 50 million so‘mgacha garovsiz kreditlar berish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda bugun, 18 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va xizmatlarni rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida aytildi.

Ma’lum qilinishicha, hozirda 2 million 400 ming aholi o‘zini o‘zi band qiluvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

Yig‘ilishda ularga biznesga birinchi qadam uchun kredit berish taklifi bildirilgan. Bunda yillik 340 ming so‘m ijtimoiy soliq to‘lagan aholiga imtiyozli kredit ajratilib, "onlayn" usulda bank kartasiga o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, faoliyatini kengaytirib, tadbirkor bo‘lish istagidagi aholiga 100 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi, 50 foizi bank kartasiga o‘tkazib beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

kredit Oilaviy tadbirkorlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing