“Oilamdan xavotirdaman” – Atamboyevning qizi murojaat bilan chiqdi (video)

Olam

Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevning qizi Aliya Shagiyeva otasining qo‘lga olinishi va qamalishi bilin bog‘liq voqealarga izoh berdi.

“Men rassomman. Hech qachon siyosatga aralashmaganman. Biroq amaldagi Hukumatning yuzaga keltirgan tartibsizliklar, otamning noqonuniy va adolatsiz qo‘lga olinishiga boshqa chidab turomayman”, dedi Shagiyeva.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda huquq normalari buzilyapti, muxolif telekanallar o‘chirib qo‘yilyapti, OAVda yolg‘on xabarlar tarqatilyapti.

“Men oilam va tinch aholidan xavotirdaman”, deb ta’kidladi Aliya Shagiyeva.

Atamboyevning qizi otasini ko‘rsatma berishga chaqirish shunchaki, uni qo‘lga olish uchun bahona bo‘lganini ta’kidladi.

“Jinoyat olamida nufuzli shaxs bo‘lgan Batukayevni Qirg‘izistondan olib chiqib ketish bo‘yicha bema’ni, haqiqatdan uzoq ish bo‘yicha tergovga chaqirishdi. Ular aslida otamni muxolif faoliyati tufayli hibsga olmoqchi bo‘lishgan. Xuddi uning ko‘plab tarafdorlari singari. Masalan, Kuban Kulpatov va Sapar Isoqov, ularni guvohlik berish uchun olib kelishdi va hech qanday tushuntirishsiz hibsga olishdi. Otam rasmiylardan Konstitutsiyaviy sudning so‘roq to‘g‘risidagi qarorini kutishni talab qildi. U Batukayev ishi haqida bilgan hamma narsasini OAVga aytib berib, to‘liq ma’lumotni tergov organlari uchun yozma ko‘rinishda taqdim etishga tayyor edi. Otam Konstitutsiyaviy sud qarori bo‘lmaganda, biz o‘zimizni himoya qilishga haqli ekanimizni aytgan. Sobiq Prezidentning uyiga har qanday tajovuz avtomatik ravishda jinoiy va noqonuniy hujumga aylanadi”, dedi Shagiyeva.

Eslatib o‘tamiz, sobiq Prezident Almazbek Atamboyev hozirda tergov izolyatorida. U kecha, 9 avgust kuni qo‘lga olinib, 18 kunga qamaldi. Atamboyev qo‘lga olinguncha, uning Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi uyiga maxsus topshiriqlar bo‘linmasi ikki marta hujum uyushtirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Almazbek Atamboev Aliya Shagieva

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing