Oilalar eng ko‘p buzilib ketayotgan hududlar ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yarim yilda 12 ming 810 ajralish ro‘yxatga olingan. Bu o‘tgan yilning shu vaqtiga nisbatan 3 ming 151 taga kam. Bu haqda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Matbuot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva ma’lum qildi.

Ajrimlar natijasida joriy yilda 8 ming 725 nafardan ortiq voyaga yetmagan bolalar ota yoki ona mehridan mahrum bo‘lgan.

Yana bir muammoli holat, bu ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar taqdiri. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi joriy yilning shu vaqtiga qadar 15 ming 413 ta ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarning 9 ming 980 tasini yarashtirdi. Shuningdek, 11 ming 985 ta nikohi qonuniy rasmiylashtirilmagan oilalar aniqlanib, ularning 57,8 foizining nikohi qonuniy rasmiylashtirildi.

Agar ko‘rsatkichlarni hududlar kesimida tahlil qilinsa, aholi va oilalar sonining ko‘pligi munosabati bilan eng yuqori raqamlar Toshkent shahar va Andijon viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Joriy yilning shu kuniga qadar poytaxtda 1692 ta, Andijonda 1498 ta oila ajrashdi. Bu hududlarda yana mingdan ziyod oila ajrim yoqasiga kelib qolgan.

Ajralgan oilalar soni Farg‘ona viloyatida 1304 ta, Toshkent viloyatida 1308 ta, Samarqand viloyatida 1302 ta, Namangan viloyatida 923 ta, Qashqadaryo viloyatida 815 ta, Surxondaryo viloyatida 749 ta, Buxoro viloyatida 744 ta, Sirdaryo viloyatida529 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 513 ta, Xorazm viloyatida 497 ta, Jizzax viloyatida 489 ta, Navoiy viloyatida 447 tani tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

oila ajrim

Baholaganlar

944

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing